Netanyaxu urushni tugatib, G‘azoni tark etishdan bosh tortdi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qo‘shinlarni olib chiqish va blokadadagi G‘azo sektoriga hujumlarni to‘xtatishdan bosh tortdi. Bu haqda Isroil hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Netanyaxu G‘azo sektoridagi isroillik mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan delegatsiyaga bir necha bor keng vakolatlar bergan. HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar Isroil armiyasini G‘azo sektoridan olib chiqib ketishga chaqirgan, biroq Netanyaxu bu taklifni rad etgan.

Isroil davlat televideniyesi KAN xabariga ko‘ra, Isroil hukumati rahbari harbiy Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi boshlanishidan oldin G‘azodagi urushni tugatish masalasi bo‘yicha kelishmovchilik bildirgan.

Ma’lumot uchun, 25 may kuni Isroil HAMAS bilan asirlarni almashish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar keyingi hafta davom etishini e’lon qildi, biroq HAMAS bu haqda ma’lumot olmaganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing