Netanyaxu o‘g‘lining to‘yini yana qoldirdi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron bilan ziddiyat tufayli o‘g‘li Avner Netanyaxuning to‘yini qoldirdi. Bu haqda “Ynet” nashri xabar berdi.

“Afsuski, qurbonlar bor. Har birimiz o‘zimizning o‘zimizga yarasha bahomiz bor, bu yukni mening oilam ham ko‘tarmoqda”, deydi u.

Isroil hukumati rahbarining aytishicha, Eron bilan ziddiyatda hamma o‘z narxini to‘laydi. Bosh vazir shuningdek, Isroil fuqarolari bilan faxrlanishini ham qayd etdi.

Binyamin Netanyaxu aholining ko‘nglini ko‘tarishga urinar ekan, o‘g‘lining to‘yi ikkinchi marta kechiktirilganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Avner Netanyaxu Shin-Bet xavfsizlik xizmati tomonidan himoyalangan. Bu xavfsizlik, shuningdek, Isroil davlati hukumatining timsoli hisoblangan yetti nafar shaxs uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u Bosh vazirlikdagi “Magen birligi” tomonidan taqdim etilgan xavfsizlikdan yuqori darajadagi xavfsizlik hisoblanadi. Mamlakat Bosh vaziri o‘g‘illari Avner va Yair Netanyaxularning xavfsizligi uchun milliardlab pul sarflaydi. 2024 yiningl 9 iyun kuni Netanyaxu Xavfsizlik bo‘yicha maslahat qo‘mitasidan oila a’zolarini butun umri davomida Shin-Bet tomonidan himoya qilishni yana bir bor so‘ragan. So‘rovda rafiqasi Sara, hamda o‘g‘illari Yair va Avner bor edi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘tgan yilning oktyabr oyida o‘zining kenja o‘g‘li Avner Netanyaxuning to‘yini kechiktirishga qaror qilgandi. Avner Netanyaxuning to‘yi 2024 yilning 26 noyabr kuni Tel-Aviv shimolida joylashgan Sharon viloyatidagi Ronit fermasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Mamlakatning “Kan” jamoat teleradiokompaniyasida aytilishicha, Bosh vazir farzandining to‘yini urush va dron tahdidi sharoitida xavfsizlik nuqtai nazaridan qoldirishga qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing