Netanyaxu Tramp bilan “g‘alaba”ni nishonlamoqchi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kelasi hafta AQSHning Vashington shahriga tashrif buyuradi hamda u yerda Oq uy rahbari Donald Tramp bilan uchrashadi. Bu haqda Bosh vazir Isroil hukumatining yig‘ilishida ma’lum qildi.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, u tashrif davomida Trampdan tashqari AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens, Davlat kotibi Marko Rubio, Mudofaa vaziri Pit Xegset, Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Savdo vaziri Govard Lyutnik bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

“Kelasi hafta men Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurib, AQSH Prezidenti Donald Tramp va boshqa bir qancha rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazaman”, degan Bosh bvazir. 

Netanyaxuning ta’kidlashicha, ushbu uchrashuv “Eron ustidan erishilgan buyuk g‘alaba” fonida sodir bo‘lmoqda. 

“Bularning barchasi bizning Eron ustidan olib borilgan operatsiyamiz davomida erishgan buyuk g‘alabamiz to‘lqinida sodir bo‘lmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Isroil vaziri. 

Netanyaxu, shuningdek, “g‘alabaga erishish qanchalik muhim bo‘lsa, undan foydalanish ham shunchalik muhimligi”ni eslatib o‘tgan. 

Vazirlarga murojaat qilar ekan, u AQSHga borishidan oldin “savdo kelishuviga erishish uchun bir nechta masalalarni hal qilish zarurligini” bildirgan. Bundan tashqari, Bosh vazir AQSHda Kongress va Senat rahbarlari bilan uchrashishi hamda “xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilishlarda” ishtirok etishini ham qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyun kuni Tramp Amerika xalqiga murojaat qilib, mamlakat Eronning uchta yadroviy ob’ektiga – Fordo, Natanz va Isfahonga zarba berganini e’lon qilgan edi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa xalqqa qilgan murojaatida Trampga bu hujumlar uchun minnatdorlik bildirgan.

23 iyun kuni esa Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi eng yirik harbiy ob’ekti – Qatar hududidagi Al-Udeyd aviabazasiga hujum qilgan. Tramp Eronning bu javobini “juda zaif” deb baholadi. Oradan bir kun o‘tib esa u Eron va Isroil o‘zaro zarba almashishni to‘xtatishga kelishganini e’lon qildi. AQSH Prezidenti bu kelishuvni “teng shartli” deb atadi va uni “barcha tomonlar uchun katta g‘alaba” deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing