Netanyaxu Nyu-Yorkda hibsga olinishi mumkin

Olam

image


Nyu-York meri Zohran Mamdani agar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu shaharga borsa, uning ehtimoliy hibsga olinishi qanchalik qonuniy ekanini o‘rganayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u “The New York Times” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Shahar rahbari buning uchun maxsus qonunlar o‘ylab topmoqchi emasligini, balki faqat huquqiy maydon doirasida harakat qilish niyatida ekanini bildirgan.

“Biz Nyu-York shahrida qonun menga nimaga ruxsat bersa, shularning barchasini qilamiz, ammo bu maqsadda o‘zimizning shaxsiy qonunlarimizni yozib o‘tirmaymiz... Hozirda huquqiy departamentimiz bilan faol muhokamalar olib borilmoqda”, deydi u o‘z intervyusida.

Mer Isroil Bosh vazirini hibsga olish imkoniyati haqida gapirganda, u BMT Bosh Assambleyasiga qatnashish uchun Nyu-Yorkka kelgan taqdirdagina bu amalga oshishi mumkinligini nazarda tutgan.
Mamdani, shuningdek, Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan Netanyaxuga nisbatan ilgari surilgan ehtimoliy harbiy jinoyatlar aybloviga tayangan.

Qayd etilishicha, ushbu siyosatchi saylovoldi kampaniyasi davrida, agar mer etib saylansa, Isroil Bosh vaziri shaharda paydo bo‘lgan taqdirda uni hibsga olish bo‘yicha Nyu-York politsiya boshqarmasiga buyruq berishini bayon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbulning 11-Oliy jinoyat sudi Tel-Aviv tomonidan G‘azo sektori uchun insonparvarlik yordami olib ketayotgan flotiliyaning to‘xtatib qolinishi munosabati bilan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha xalqaro order berish haqida qaror chiqargandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing