Netanyaxu Livan va G‘azodagi urushni davom ettirmoqchi – CNN
Olam
−
02 noyabr
2025Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yahudiy davlatining harbiy rahbariyati siyosiy kelishuvga erishmoqchi ekanini tobora oydin bildirayotganiga qaramay, Livan va G‘azo sektoridagi mojarolarni davom ettirish niyatida. Bu haqda CNN xabar berdi.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, oxirgi paytlarda Isroil harbiy rahbarlari mamlakat Livan va G‘azoda harbiy jihatdan qo‘lidan kelgan barcha narsaga erishgani va siyosatchilar uchun kelishuvga erishish vaqti kelgani haqida aniq signallar yubormoqda.
Xususan, Isroil armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Gerzi Halevi yaqinda Livan-Isroil chegarasidagi mojaroning harbiy bosqichini “tez orada yakunlash” imkoniyati haqida gapirdi va shimoliy G‘azo brigadasi qo‘mondonning yo‘q qilinishini HAMAS uchun yana bir mag‘lubiyat bo‘lishini ta’kidladi.
Telekanalning ismini oshkor etmagan suhbatdoshiga ko‘ra, ayni damda Isroil hukumati “oldinda turib, Livandagi urushni tugatish istagida”.
Biroq, CNN ma’lumotlariga ko‘ra, bu bayonotlar Netanyaxuning Livan va G‘azo bo‘yicha o‘zgarmas pozitsiyasiga ta’sir qilmagan. Shu tariqa, mamlakat Knesseti (parlamenti)ning shu hafta ta’tildan so‘ng davom etgan yig‘ilishlarida Bosh vazir o‘zining “to‘liq g‘alaba” haqidagi maksimalistik formulasini takrorladi va yaqin kelajakda tinch yo‘l bilan kelishuvga rozi bo‘lishi dargumon ekanini ochiq aytdi.
Qatarda G‘azo bo‘yicha bilvosita muzokaralar qayta tiklanishi bilan tanish bo‘lgan ismini oshkor etmagan rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxu mojaroga barham berish uchun katta kelishuvga erishishi mumkinligi haqida aniq kafolatlar berishdan bosh tortmoqda.
“Urushning eng muhim maqsadi – garovdagilarning uylariga qaytishi amalga oshmadi. Garovdagilar uylariga qaytmaguncha G‘azoda urush tugamaydi”, deya tushuntirdi CNN manbasi.
30 oktyabr kuni Livan Bosh vaziri Najib Mikati “yaqin soatlar yoki kunlar ichida Livan janubida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish mumkin bo‘lishiga” ehtiyotkorona umid bildirdi. Bu haqda u 31 oktyabr kuni Quddusda Isroil Bosh vaziri va AQSH Prezidentining katta maslahatchilari Amos Xokstin va Brett Makgurk o‘rtasida respublika bilan 60 kunlik sulh tuzishga bag‘ishlangan muzokaralar oldidan bayonot berdi. O‘shanda amerikalik emissarlar Livan va Isroil o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvning yakuniy formulasini muhokama qilish uchun Bayrutga borishi kutilgan edi, ammo bu amalga oshmadi.
23 sentyabr kuni Isroil Livanda “Hizbulloh” kuchlariga qarshi “Shimolning o‘qlari” operatsiyasini boshladi va bu operatsiya davomida harakatning harbiy nishonlariga katta zarbalar berdi. Belgilangan maqsad yahudiy davlatining shimoliy chegara hududlarida o‘n minglab aholining u yerga qaytishi uchun xavfsiz sharoit yaratish ekani aytildi. Isroilning 27 sentyabr kuni bergan zarbalaridan biri oqibatida Bayrutda “Hizbulloh” Bosh kotibi Hasan Nasrulloh halok bo‘ldi. 1 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil armiyasi Livan janubidagi chegara hududlarida quruqlikdagi operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi.
LiveBarchasi