Netanyaxu Lemmi bilan uchrashishdan bosh tortdi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan uchrashishdan bosh tortdi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

Bunga Xalqaro jinoyat sudining (ICC) Netanyaxuni hibsga olish orderi bo‘yicha rasmiy Londonning pozitsiyasi o‘zgargani sabab bo‘lgan. Xabarda aytilishicha,Netanyaxu Britaniyaning yangi hukumati pozitsiyasidan ranjigan va shuning uchun o‘tgan hafta Isroilga tashrif buyurgan Tashqi ishlar vazirini qabul qilishdan bosh tortgan.

Joriy yilning iyul oyi oxirida Britaniya hukumati Isroil Bosh vazirini hibsga olish orderi bo‘yicha Xalqaro jinoyat sudining yurisdiksiyasiga e’tiroz bildirishdan bosh tortdi. “The Guardian”ning yozishicha, o‘sha paytda Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer boshchiligidagi yangi Leyboristlar hukumati tomonidan qabul qilingan qaror XJS prokurori Karim Xonning talabini qondirish ehtimolini oshirgan.

Shuningdek, Isroil va AQSH Netanyaxuning jinoiy javobgarlikka tortilishi Falastin-Isroil mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblab, Londonni o‘z e’tirozlarini bekor qilmaslikka ko‘ndirgan.

“The Times” ta’kidlashicha, Lemmi Isroilga hujum qurollarini sotishni taqiqlashni ham rejalashtirgan, ammo Yaqin Sharqdagi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni buzmaslik uchun bu bayonotni keyinga surgan. Bundan tashqari, Tashqi ishlar vaziriga partiyadoshlari tomonidan bosim o‘tkazilmoqda va ular yanada qat’iyroq harakatlarni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashington Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Isroilning boshqa yuqori martabali amaldorlarini hibsga olishga order berishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytarar ekan, Isroilni tergov qilishga qarshi chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bin'yamin Netan'yaxu Devid Lemmi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing