Netanyaxu ilk bor G‘azoning urushdan keyingi boshqaruvi bo‘yicha rejasini e’lon qildi
Olam
−
23 fevral
9612Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu harbiy Vazirlar Mahkamasiga urushdan keyin G‘azo sektorini boshqarish rejasini taqdim etdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Netanyaxu to‘rt oydan ortiq vaqt davomida “urushdan keyingi kun” bo‘yicha munozaralar o‘tkazishdan o‘zini tiygan. Siyosatchi bu uning koalitsiyasining bo‘linishiga olib kelishidan qo‘rqqan. Ba’zi o‘ta o‘ngchi vazirlar bunday uchrashuvlarda mamlakatni G‘azo sektorini doimiy ishg‘ol qilish sari undashga harakat qilmoqda.
Omma oldida Netanyaxu bir necha bor Falastin ma’muriyatining G‘azoni boshqarishga qaytishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi. Ba’zan Isroil Falastin ma’muriyatining hozirgi ko‘rinishida G‘azoga qaytishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgan bo‘lsa, boshqa hollarda siyosatchi bu imkoniyatni qat’iyan rad etdi.
Harbiy Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan hujjatda Falastin ma’muriyati haqida umuman gapirilmagan. G‘azo sektorining urushdan keyingi boshqaruvidagi ishtiroki ham bundan mustasno emas.
Bundan tashqari, loyihada aytilishicha, Falastin anklavidagi fuqarolik ishlari ma’muriy tajribaga ega ma’lum mahalliy amaldorlar tomonidan boshqariladi. Ular “terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar yoki tashkilot”lar bilan aloqador bo‘lmasligi kerak.
OAV Netanyaxu aytgan so‘zlar noaniq deb hisoblaydi. Hujjatda Qatardan moliya olayotgan guruhlar anklavda hokimiyat tepasiga kelishi tan olingan. Nashrning yozishicha, HAMAS ham bu mamlakatdan mablag‘ oladi.
Ta’kidlash joizki, oldinroq Isroil hukumati G‘azoning bir qancha hududlarini Falastin nazoratiga o‘tkazmoqchi ekani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Taxminlarga ko‘ra, bu hududlar G‘azo aholisi anklavdagi hokimiyatga dosh bera olish yoki olmasligini aniqlash maqsadida sinov maydoniga aylanishi kutilmoqda.
LiveBarchasi