Netanyaxu G‘azodan garovga olinganlarni qaytarganlarga pul va’da qildi
Olam
−
20 noyabr
2500Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kecha, 19 noyabr kuni G‘azoni ikkiga bo‘lgan Netzarim koridorida isroillik askarlar bilan uchrashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari 410 kundan beri davom etar ekan, harbiy kiyim kiygan Netanyaxu ishg‘olchi Isroil askarlari bilan uchrashganda G‘azo sektoridan qutqarilgan har bir isroillik mahbus uchun 5 million dollar mukofot berilishini ma’lum qilgan.
“Men bu vaziyatdan chiqishni istaganlarga murojaat qilaman. Isroillik mahbuslardan eng kamida bir nafarini bizga topshirgan kishi oilasi bilan G‘azodan xavfsiz tarzda chiqib ketishi mumkin, tanlov sizniki”, degan Netanyaxu G‘azoga tashrifi chog‘ida.
Mudofaa vaziri Isroil Kats hamrohligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Netanyaxu Isroilning maqsadlaridan biri HAMAS G‘azoda hukmronlik qilmasligi ekanini ta’kidlagan.
“Biz mahbuslarni topib, uylariga olib kelish uchun harakat qilmoqdamiz. Ularni o‘lik yoki tirik holda topmaguncha harakatni to‘xtatmaymiz”, deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi Isroil Falastin anklaviga oziq-ovqat va insonparvarlik yetkazib berishni cheklashda davom etar ekan, G‘azo sektorida ocharchilik yuzaga kelishidan ogohlantirgandi.
Mohinur Karimova
LiveBarchasi