Netanyaxu Falastin davlatini tashkil etishga qarshi emas – Bayden

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 19 yanvar kuni Isroil Bosh vaziri bilan telefon suhbatidan so‘ng, falastinliklar uchun mustaqil davlat barpo etishga Binyamin Netanyaxu qarshi emasligini aytdi. Bu haqda u Oq uydagi Amerika merlarining konferensiyasida so‘z ochdi.

AQSH Prezidenti Netanyaxu bilan qariyb bir oy ichida birinchi marta bo‘lajak Falastin davlati bo‘yicha kelishmovchiliklar, shuningdek, Isroilning G‘azoda davom etayotgan hujumi haqida gaplashdi. Yetakchilar urushning birinchi haftalarida tez-tez qo‘ng‘iroqlashgan. Ammo ularning 30-40 daqiqalik kechagi suhbati 23 dekabrdan beri ilk muloqot hisoblanadi.  

Qayd etish joizki, mojaro davomida Isroilni bevosita qo‘llab-quvvatlagan AQSH rasmiylari urush tugaganidan so‘ng G‘azoni qayta qurish va boshqarish bo‘yicha potensial ssenariylar bo‘yicha tobora chuqur kelishmovchiliklarni yo‘q qilishga intilmoqda. Ommaviy axborot vositalarida esa Bayden ma’muriyati Netanyaxuning lavozimini tark etishi G‘azo va mintaqa bo‘yicha rejalari uchun muhim, degan xulosaga kelgani haqida xabarlar keng tarqalgan.

O‘z navbatida, Bayden juma kungi suhbatda falastinliklarning davlatchilik sari harakatlanishiga yordam berishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. 

Netanyaxuning iqtidordaligida ikki davlat yechimi imkonsizmi degan savolga Bayden: "Yo‘q, unday emas", deb javob berdi.

AQSH Prezidenti Netanyaxu ikki davlat yechimiga ba’zi shartlar asosida rozi bo‘lishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yanvar kuni Tel-Avivdagi matbuot anjumanida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH ma’muriyatiga har qanday shaklda Falastin davlati tashkil etilishiga qarshi ekanini yetkazganini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Falastin Isroil Jo Bayden G'azo Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing