Netanyaxu Eron dunyoni garovga olishidan qo‘rqyapti

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning fikricha, agar Eron yadro quroliga ega bo‘lsa, butun dunyo Eron tomonidan garovga olinadi. Bu haqda u bugun, 4 aprel kuni o‘zing Twitter'dagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Agar biz Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga to‘sqinlik qilmasak, butun dunyo bizni yo‘q qilmoqchi bo‘lganlar tomonidan garovga olinadigan boshqa reallikka duch kelamiz”, degan Netanyaxu. 

Shuningdek, u Eron yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish Isroil uchun asosiy vazifa ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Benyamin Netanyaxu Tel-Avivdagi Amerika-Isroil xavfsizlik konferensiyasida Eron kabi davlatlarni yadroviy qurol ishlab chiqarishdan saqlab qolishning yagona yo‘li ishonchli harbiy tahdid ekanini aytgandi. O‘shanda u Iroq, Liviya va Suriya misollarini keltirib, ularning har biri yaqin o‘tmishda ommaviy qirg‘in qurollarini yaratishga harakat qilgani va har bir holatda bu urinishlar harbiy kuch bilan muvaffaqiyatli bostirilganini aytgandi. Boshqa tomondan Shimoliy Koreya jiddiy qarshilikka duch kelmagani uchun yadro qurolini yaratishga muvaffaq bo‘lganini bildirgandi. Keyinchalik Isroil AQSH bilan Eron yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish uchun o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olgan edi.

Tehronning Rossiyadan C-400 raketa tizimlarini olishga intilayotgani esa Isroilning Eronga hujumini tezlashtirishi mumkin ekani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing