Netanyaxu hukumat tuzish mandatini oldi

Olam

image

Isroil Prezidenti Isxak Gersog Quddusdagi rasmiy marosimda Binyamin Netanyaxuga mamlakatning yangi hukumatini tuzish mandatini topshirdi. Bu haqda 13 noyabr kuni Agence France-Presse xabar berdi.

Gersog partiya yetakchilari bilan maslahatlashuvlaridan so‘ng “natija aniq bo‘lgani va hukumatni shakllantirish vazifasini Binyamin Netanyaxuga topshirish kerakligini” aytgan. 

Gersog Netanyaxuning korrupsiya ayblovlari bo‘yicha davom etayotgan sud jarayoniga ham to‘xtalib, shunday dedi:  

“Albatta,  Quddus okrug sudida janob Netanyaxuga qarshi sud jarayonlari davom etayotganini unutmayman va men buni osonlashtirmayman”.  

Ammo uning ta’kidlashicha, so‘nggi pretsedent (sud qarori) Netanyaxu ayblovlarga qarshi chiqish orqali Bosh vazir lavozimini egallashi mumkinligini aniq ko‘rsatgan. 

Netanyaxu Isroil tarixidagi eng o‘ng qanot va konservativ parlament bloklaridan biridagi saylovda g‘alaba qozondi. 

Eslatib o‘tamiz, 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda sobiq Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning “Likud” partiyasi 120 o‘rinli parlamentda 32 ta o‘rinni egallagan holda, birinchilikni qo‘lga kiritdi. 

1 noyabr kungi parlament saylovlari Isroilda 2019 yildan beri beshinchisi bo‘ldi. Saylov natijalariga ko‘ra, 25-Knessetning tarkibi aniqlanadi. Shundan so‘ng, hukumatning kaolitsiya tuzish tartibi boshlanadi. Kaolitsiya tuzish muvaffaqiyatli yakunlanadigan bo‘lsa, yangi hukumat va Bosh vazir qasamyod qiladi. Hammasi risoladagidek bo‘lsa, Binyamin Netanyaxu Bosh vazirlik postiga qaytadi. Ungacha hukumatni joriy yilning 1 iyulidan beri boshqarib kelayotgan Yair Lapid Vazirlar Mahkamasi tepasida qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing