Nepalda kuchli zilzila oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Olam

image

Nepal g‘arbida 4 noyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 119 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohatlandi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, “Agence France-Presse” xabar berdi.

Nepalning Milliy zilzila monitoringi va tadqiqot markazi 6,4 magnitudali zilzila qayd etgan.

Unga ko‘ra, zilzila epimarkazi Nepal poytaxti Katmandudan 400 km uzoqlikda joylashgan Jayarkot viloyatida bo‘lgan.

AQSH Geologiya xizmati zilzila kuchini 5,6 ball, Hindiston seysmologik markazi 6,4 ball, Potsdamdagi Germaniya Geofizika tadqiqot markazi esa 6,2 ball deb baholagan.

Odamlar vayronalar ostida qolib ketgani sababli qurbonlar soni ortishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Nepaldagi zilzila hatto Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida ham sezilgan.

Nepal Bosh vaziri Pushpa Kamal Dahal zilzila oqibatida yetkazilgan insoniy va moddiy zarardan chuqur qayg‘u bildirgan. Hukumat qidiruv va qutqaruv ishlariga yordam berish uchun xavfsizlik kuchlarini yubordi.

Ma’lumot uchun, Nepalda tez-tez zilzilalar sodir bo‘ladi. 2015 yilda 7,8 magnitudali zilzila oqibatida 9 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, millionga yaqin bino vayron bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Nepal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing