Nemis futboli afsonasi Gerd Myuller og‘ir xastalikdan vafot etdi

Sport

image

Bugun, 15 avgust kuni afsonaviy nemis hujumchisi Gerd Myuller 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Bavariya” klubi xabar berdi

“Bugun dunyo muzlab qoldi. Klub va uning barcha muxlislariga shuni ma’lum qilamizki, afsonaviy Gerd Myuller 75 yoshida vafot etdi”, deyiladi xabarda.

Myuller 1964-1979 yillar davomida Myunxenning “Bavariya” klubi futbolchisi sifatida 4 marta Bundesliga va Germaniya kubogi, 3 marta Yevropa chempionlar kubogi, shuningdek, bir marta qit’alararo kubokni qo‘lga kiritgan.

Germaniya terma jamoasida o‘ynagan Myuller 1974 yilda Jahon, 1972 yilda Yevropa chempioni bo‘lgan.

Shuningdek, sobiq futbolchi “Oltin butsa” (1970, 1972), “Oltin to‘p” (1970) sovriniga sazovor bo‘lgan va Germaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purari (365 ta gol) maqomiga ega. U faoliyati davomida 626 rasmiy uchrashuvda 557 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

Ma’lumot uchun, Gerd Myuller so‘nggi yillarda alsgeymer xastaligi bilan kurashib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Bavariya Gerd Myuller Jahon chempioni Nemis futboli afsonasi

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing