Nega Ramazon oyining boshlanishi ayrim davlatlarda farq qilmoqda?

Jamiyat

image

Nima uchun bu yil Ramazon oyi ayrim davlatlarda 18 fevralda, boshqalarida esa 19 fevralda boshlandi? Saudiya Arabistonida hilol ko‘rilgani aytilgan bo‘lsa-da, ko‘plab davlatlarda u ko‘rinmagan. Bunday vaziyatda qaysi qarorga amal qilish kerak? O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mazkur savollarga javob berdi.

Bildirilishicha, Oy yerning barcha nuqtalarida bir xil vaqtda ko‘rinmaydi. Hilolning ko‘rinishi Quyosh bilan bir chiziqqa kelgandan keyin undan qancha uzoqlashgani, ufqdagi balandligi va havo sharoitiga bog‘liq. Hilol eng ko‘p Shimoliy Amerika taraflarda ko‘rinish ehtimoliga ega, eng kam ehtimol esa yer sharining sharqiy qismida.

Shuning uchun aksar mamlakatlarda 17 fevral kechasi hilol ko‘rinmagan va Sha’bon 30 kunga to‘ldirilishi to‘g‘ri bo‘lgan. Saudiyaning “hilol ko‘rildi” degan xabariga binoan u yerda va unga ergashgan ayrim mamlakatlarda Ramazon erta boshlangan.

“Bunday vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l – har bir yurt o‘z muftiysining fatvosiga amal qilishidir. Odamlar o‘zaro tortishuvni qo‘yib o‘z yurtida qabul qilingan qarorga birlashsalar, doim yaxshilik ustida bo‘ladilar”, deyiladi xabarda.

Eslatiyu o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Oliy sudining Oy ko‘rish qo‘mitasi Ramazon hiloli ko‘ringani munosabati bilan 18 fevralni Ramazon oyining birinchi kuni deb e’lon qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Mazkur xabarlar ortidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi qo‘shimcha ma’lumot berib, O‘zbekistonda Ramazon oyining birinchi kuni 19 fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon oyi Ramazon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing