Nega koronavirusdan o‘lim holati Osiyoda Yevropadan ko‘ra kamroq qayd etilayotgani tushuntirildi
Olam
−
01 iyun 2020
17143Yaponiyalik olim Kentaro Ivata, Osiyo mamlakatlarida Yevropa mamlakatlariga qaraganda nega kam odam koronavirusdan o‘lishini tushuntirdi. Uning fikricha, buning sabablaridan biri osiyoliklarning geni yevropaliklarnikidan ko‘ra boshqacharoq va ular g‘arbliklar kabi semirishga moyil emas.
Ivata ta’kidlashicha, Yaponiya va Osiyoning boshqa davlatlarida yangi koronavirus bilan kasallangan odamlar, yevropaliklarga qaraganda kamroq o‘ladilar. U Yaponiyada kasallik oqibatida sakkiz yuzga yaqin odam virusning qurboniga aylanganini eslatib o‘tdi.
Masalan, kunchiqar mamlakatida har 1 000 000 aholiga o‘lim 6,4 kishiga, Xitoyda uchtaga va Janubiy Koreyada beshtaga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, Italiya, Ispaniya va Angliyada bu raqamlar bir-biridan farq qiladi. U yerda har yuz million odamga ushbu virusdan besh yuz kishi vafot etgan.
Epidemiologning so‘zlariga ko‘ra, Osiyo irqi vakillarining genetikasida o‘ziga xos xususiyatlar bo‘lishi mumkin. Bu ularga infeksiyani osonroq yengish imkonini beradi.
Shuningdek, u osiyoliklar boshqa viruslar bilan kasallanganlarida tezroq immunitetga ega bo‘lishlari mumkinligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Ivataning ta’kidlashicha, o‘lim darajasi pastligining sababi osiyoliklarning semirishga moyil emasligidadir.
Binobarin, Osiyo aholisining yurak-qon tizimida tromb shakllanish xavfi boshqa irqdagilardan ko‘ra pastroq. Shu tufayli, osiyoliklar yevropaliklarga qaraganda virusga kamroq sezgir bo‘lishadi, deb hisoblaydi Ivata. Biroq, shu bilan birga, u aytilganlarning barchasi shunchaki faraz ekanligini qo‘shimcha qildi.
LiveBarchasi