Neft-gaz sohasining ikki yirik tashkilotiga yangi rahbarlar tayinlandi
Jamiyat
−
24 iyun 2019
6782“Muborakneftgaz” MCHJ va “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJlariga yangi rahbarlar tayinlandi.
“Muborakneftgaz” MCHJning bosh direktori lavozimiga Narziyev Bekzod Boboqulovich tayinlandi.
B. Narziyev bungacha “Jarqurg‘onneft” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ish olib borgan.
“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga Normatov Abdulla Shermatovich tayinlandi.
A. Normatov bungacha “G‘issorneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.