Neft narxi keskin pasaydi

Olam

image

Bugun, 6 iyul kuni Brent markali neftning sentyabr fyucherslari narxi 3,45 dollarga tushib, bir barreli uchun 99,32 dollarni tashkil qildi. Buni London ICE fond birjasi ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Qayd etish kerak, narxi 100 dollardan past bo‘lgan ushbu markadagi neft joriy yilning 19 mayidan beri birinchi marta sotilmoqda.

Nyu-York tovar birjasida WTI markali neftning avgust fyucherslari narxi 7,3 foizga pasayib, bir barrel uchun 102,39 dollarni tashkil qildi.

“Citigroup” tahlilchilarining fikricha, yil oxiriga borib, talabning pasayishi sharoitida xom neft narxi bir barrel uchun 65 dollargacha tushishi mumkin. Bunday sharoitlarda xarajat 2023 yil oxirigacha 45 dollargacha tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

neft'

Baholaganlar

876

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing