Neft narxi 10 yillik maksimumini yangiladi
Olam
−
07 mart 2022
11593Bugun, 7 mart kuni Brent neftining narxi 2008 yildan beri birinchi marta bir barrel uchun 130 dollardan oshdi. Bunday yuqori narx so‘nggi bor 2012 yilda kuzatilgan – 128 dollar.
Toshkent vaqti bilan soat 04:28 holatiga ko‘ra, Brent markali neftning may fyucherslari narxi 9,35 foizga oshib, barreli uchun 129,06 dollarni tashkil qildi. WTI aprel fyucherslari 9,68 foizga oshib, 126,12 dollarni tashkil qildi.
Shu bilan birga, savdo ma’lumotlariga ko‘ra, soat 04:06 da Brent neftining narxi taxminan 130,3 dollarga yetgan. Maksimal qiymat 130,89 dollarni tashkil etgan.
Ayni paytda, London ICE Futures birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Brent neftining narxi yuqoriroq darajaga yetgan: soat 04:02 da shu tur neftning bir barreli 138 dollarga baholangan.
Brent neftining tarixiy maksimal narxi 2008 yilning iyul oyida erishilgan va bir barrel uchun 147,5 dollarni tashkil qilgan.
Ukrainadagi voqealar tufayli butun dunyoda neft, gaz va ularni qayta ishlash mahsulotlari, jumladan, benzin narxi oshib bormoqda. Qo‘shma Shtatlar hozirda Ukrainadagi urush uchun sanksiyalar doirasida Rossiya neftini sotib olishni taqiqlash masalasini faol muhokama qilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr