Neft mahsulotlari va gazni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi qarori bilan Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi.

Inspeksiya boshlig‘i etib bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Neft va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida 2017-2019 yillar davomida ishlagan Nodir Tohirovich Agzamov tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligining matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Nodir Agzamov 1996-2002 yillarda Toshkent davlat texnika universitetida neft va gazni qayta ishlash mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Shuningdek, 2011-2012 yillarda Seul milliy universitetida “Xalqaro energetika siyosati” dasturi bo‘yicha ta’lim olgan. Nodir Agzamov mehnat faoliyatini “O‘zneft mahsulotlarini qayta ishlash” va “O‘zneftmahsulot” kompaniyalarida boshlagan. 2012-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika majmui, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati axborot-tahlil departamentining yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi vazifasida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining ikkita inspeksiya boshlig‘iga o‘rinbosarlar ham tayinlandi. Bu boradagi tegishli hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan 2019 yil 9 aprelda imzolandi.

Asqar Sharifjonovich Isakov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi. A.Sh.Isakov ilgari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gaz va neft mahsulotlari nazorati davlat inspeksiyasining Toshkent hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan   (2018-2019 yillar). A.Sh.Isakov 2006 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini mashinasozlik sohasi bo‘yicha tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida "O‘zpaxtamash", "Trest Gordorstroyremont", "O‘zavtoyo‘l", "O‘zneftmahsulot", "O‘zdavneftgazinspeksiya" kabi sanoat tizimlarida ishladi.

Umarjon Usmonaliyevich Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Energetika nazorati inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari yetib tayinlandi. U avval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikasi sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari ("O‘zdavenergonazorat") (2011-2019) vazifasida ishlagan. U.Egamberdiyev 1994 yilda Toshkent davlat texnika universitetini “issiqlik elektr stansiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U.Egamberdiyev mehnat faoliyatini Angren GRESda boshlab, Angren tuman elektr tarmoqlari korxonasida davom ettirgan. U keyinchalik “Toshkent elektr tarmoqlari”, “Toshkent elektr ta’minoti”  korxonalarida turli vazifalarda ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi

Baholaganlar

59

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing