Neft-gaz sohasidagi ba’zi rahbarlarning lavozimiga qanchalik loyiqligi tahlil qilindi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2020
8869Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va yil yakunigacha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda dastlab neft-gaz tarmog‘idagi ishlar tahlil qilindi. Qoloqlikka yo‘l qo‘ygan korxonalar faoliyati tanqidiy baholanib, rahbarlarning lavozimlariga loyiqlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yil yakuni bilan tabiiy gaz qazib olishni ko‘paytirish, ichki bozorga qo‘shimcha gaz yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, 740 ming tonna neft va kondensat qazib olish, 203 ming tonna suyultirilgan gaz va 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarish vazifasi qo‘yildi.
“O‘zkimyosanoat” korxonalarida hali rezervlar mavjudligi, ishlab chiqarish hajmini oshirib, eksportga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi. Qo‘qon superfosfat zavodining birinchi bosqichini modernizatsiya qilish, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid kompleksini ishga tushirish choralari belgilandi.
“O‘zavtosanoat” boshqaruviga o‘tgan qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida traktor va seyalkalar ishlab chiqarish 2 barobar kamaygani ko‘rsatib o‘tildi. IV chorakda avtomobillar ishlab chiqarishni 62 mingtaga yetkazib, 165 million dollarlik eksport qilish, butlovchi va ehtiyot qismlarni xorijiy bozorlarga sotishni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi. Xalqaro ekspertlar bilan birga avtomobil sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
LiveBarchasi