Nechta masjidda “Xatmi Qur’on” o‘tkazilishi aytildi (video)

Jamiyat

image

Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistondagi 1 762 ta masjidda “Xatmi Qur’on” tadbirlari o‘tkaziladi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yildagi Ramazon oyiga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni munosib o‘tkazish yuzasidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan barcha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ushbu fazilatli oyda “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida amalga oshiriladigan vazifalar belgilangan.

Ramazon oyida Respublikada faoliyat yuritayotgan 2 148 ta masjiddan 2101 tasida tarovih namozlari o‘qiladi. Shundan 1 762 tasida “Xatmi Qur’on” tadbirlari o‘tkaziladi. Ushbu jarayonga 3 642 nafar iqtidorli qorilar saralab olingan.

So‘nggi yillardagi tajribadan kelib chiqib, bu yil ham “Xatmi Qur’on” tadbirlari barcha masjidlarda bir xil vaqtda boshlanib, 27-kuni, ya’ni “Laylat-ul Qadr” kechasida yakunlanishi belgilangan.

Tarovih tadbirlarini tartibli o‘tkazish maqsadida Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari, shuningdek, 2 104 ta maxsus texnika jalb etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tarovih namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon oyi Ramazon “Xatmi Qur'on” o'tkazilishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing