Nazoratchi imtihonda singlisiga yordam berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda biologiya fanidan test topshiriqlarining telefonga olingan rasmi tarqalib, ko‘plab savollarni keltirib chiqardi, deya xabar qiladi Davlat test markazi.

Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilganda quyidagilar ma’lum bo‘lgan.

Ushbu rasm 2019 yil 7 avgust kuni Samarqand shahrida, test sinovlari o‘tkazilgan 2-binoda test sinovlarida nazoratchi bo‘lib faoliyat olib borayotgan Xalq ta’limi xodimi tomonidan yashirin holatda tasvirga olingan. Xodim mazkur binoning 22-guruhida test sinovlarida qatnashgan o‘zining singlisiga tegishli test topshirig‘i kitobini unga g‘ayriqonuniy yordam berish maqsadida videoga olgan.

Davlat test markazi test sinovida nazoratchi sifatida ishtirok etgan xalq ta’limi xodimi testdan chetlashtirilganligini va holat bo‘yicha ma’lumot tegishli chora ko‘rish uchun huquq-tartibot organlariga yuborilganligini hamda abituriyentga test sinovlari natijasi hisoblanmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon DTM

Baholaganlar

175

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing