Nazarboyevning jiyani qamaldi
Olam
−
15 mart 2022
6469Qozog‘iston Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning jiyani va Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari Samat Abishning akasi Qayrat Satibaldiuli 2 oy muddatga qamaldi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 15 mart kuni davlat mablag‘larini o‘g‘irlashda gumon qilib, hibsga olingan Qayrat Satibaldiuliga nisbatan ehtiyot chorasi tanlangan.
“2022 yil 15 mart kuni Nur-Sulton shahar ixtisoslashtirilgan tumanlararo tergov sudi tomonidan gumonlanuvchi Satibaldiuli Qayratga nisbatan 2 oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi belgilandi”, deyiladi sud qarorida.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati xodimlari Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiuliga nisbatan o‘z lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilish va o‘ta yirik miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan edi.
Shuningdek, uning davlat xavfsizligiga putur yetkazuvchi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi ham tekshirilayotgan edi.
LiveBarchasi