Nazarboyevning jiyani egalik qiladigan ikki kompaniya rahbarlari qamaldi

Olam

image

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari respublika Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiuli nazoratidagi ikki kompaniya rahbarlarini hibsga oldi. Bu haqda Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Tekshiruv davomida kirish temir yo‘l liniyalari (oxirgi kilometr) egalari Qayrat Satibaldiuli nazoratidagi korxonalar tomonidan o‘g‘irlik bo‘yicha qo‘shimcha faktlar aniqlandi. Mazkur shaxslar davlat mansabdorlari ko‘magida xizmatlar tarifini asossiz oshirib, milliardlab dollar foyda ko‘rgan. Bu esa fuqarolarning hayotini ta’minlash xizmatlari narxining oshishiga olib kelgan”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, Qayrat Satibaldiuli nazoratidagi ikki kompaniya rahbarlari qo‘lga olingan va sud sanksiyasi bilan qamalgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hibsga olinganlarning ism-shariflarini oshkor qilmagan. 

Avvalroq, Qozog‘istonning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati xodimlari Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiuliga nisbatan o‘z lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilish va o‘ta yirik miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirish holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan edi.

Shuningdek, uning davlat xavfsizligiga putur yetkazuvchi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi ham tekshirilayotgan edi.

Joriy yilning 15 mart kuni esa Qayrat Satibaldiuli davlat mablag‘larini o‘g‘irlashda gumon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing