Nazarboyevning jiyani 6 yilga qamaldi
Olam
−
26 Sentabr 2022 7314 1 daqiqa
Ostona sudi Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiuliga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda “Tengrinews” nashri xabar berdi.
“Satibaldiuli 28-modda 3-qismi; 189-modda 4-qismi 2-bandi; 195-modda 4-qismi 2-bandi bilan aybdor deb topilsin. Qayrat Satibaldiuli mudki musodara qilinib, davlat xizmati va milliy kompaniyalarda lavozimlarni egallashi 10 yilga taqiqlanib, olti yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin”, deya hukmni Ostona shahrining Boyqo‘ng‘ir tumani 2-sonli sudi sudyasi Nurlan Bayaxmetov o‘qib eshittirdi.
Sudya jazoni o‘rtacha xavfsizlik tizimidagi jazoni ijro etish muassasasida o‘tash haqida qaror qildi.
“Prezidentga Satibaldiulini milliy xavfsizlik organlari general-mayori unvoni, shuningdek, “Kurmet” va “Parasat” ordenlaridan mahrum etish to‘g‘risida taklif kiritilsin”, deya qo‘shimcha qildi sudya.
Eslatib o‘tamiz, davlat ayblovchisi Qayrat Satibaldiuliga olti yil qamoq jazosini so‘ragan edi.
Live
Barchasi