Nazarboyevning yana bir jiyani ishi bo‘yicha sud kuni belgilandi

Olam

image

Qozog‘istonlik tadbirkor Qayrat Satibaldiga qarshi ish bo‘yicha asosiy sud jarayoni 1 aprelga belgilandi. Bu haqda Ostona tumanlararo jinoyat ishlari bo‘yicha sudi ma’lum qildi.

Yanvar oyida Korrupsiyaga qarshi kurash xizmatining rasmiy vakili Arman Tleukenov Qayrat Satibaldiga nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bo‘yicha sudgacha bo‘lgan tergov yakunlangani haqida xabar bergan edi.

“Qayrat Satibaldi turli ko‘chmas mulklarni, jumladan, xorijda ham ularni sotib olib, bank hisob raqamlariga pul joylashtirgan. Bu ish sudda”, deydi Tleukenov kecha, 20 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Brifingdan so‘ng, u 2022 yil boshidan buyon Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati 912 milliard tengelik aktivlarni qaytarganini, shundan Satibaldining jinoiy ishlari bo‘yicha 650 milliard tengeni qaytarilganiga aniqlik kiritgan.

Ma’lumot uchun, Qayrat Satibaldi Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani hisoblanadi.

U 2022 yil 26 sentyabrda “Kazaktelekom” AJ va “STS” AJda o‘ta katta hajmdagi o‘g‘rilik uchun olti yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Shuningdek, unga 10 yil davomida davlat tashkilotlaridagi yuqori lavozimlarda ishlash taqiqlangan.

Satibaldi va jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ayblanuvchilar jabrlanuvchi bilan vositachilik kelishuvi tuzib, aybiga iqror bo‘lib, yetkazilgan zararni (jami 500 million dollardan ortiq) qoplagan. Tadbirkor nazoratidagi firmalar “Kazaktelekom”ning 28,8 foiz ulushini davlat mulkiga qaytargan. 

Avvalroq Qayrat Satibaldi shartli ravishda ozodlikka chiqish uchun ariza bergandi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘iston Respublikasining sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning yana bir jiyani, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Samat Abish 8 yilga shartli ozodlikdan mahrum etilgandi. 

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Qayrat Satibaldi\

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing