Nazarboyevga nazar tegmasin! U endi Faxriy rais
Jamiyat
−
29 noyabr 2019
5665Xabaringiz bor, bugun, 29 noyabr kuni poytaxt Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sammit ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Turkmaniston Prezidentining taklifiga binoan davlat rahbarlari Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyevni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining Faxriy raisi etib bir ovozdan sayladilar.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kelgusi yili Qirg‘izistonda o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 14-15 oktyabr kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan “Turkiy kengashning bir umrlik faxriy raisi” sifatida e’lon qilindi.
Sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining faxriy raisi ekanini anglatuvchi “Turk dunyosining eng oliy ordeni”ni topshirdi.
LiveBarchasi