Nazarboyevga nazar tegmasin! Elboshi 80 yoshni qarshiladi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bugun, 6 iyul kuni 80 yoshni qarshiladi. Ushbu kun mamlakatda yuqori darajada nishonlanmoqda. Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 3 iyul kuni Nur-Sulton shahrida joylashgan Milliy mudofaa institutida Nursulton Nazarboyevning haykali ochildi. 

Joriy yilning 18 iyun kuni koronavirusga chalingan Nursulton Nazarboyev kasallikni yengib o‘tdi va faoliyatini davom ettirmoqda. 

Nazarboyevning bolaligi

Nursulton Nazarboyev 1940 yil 6 iyulda Olma-ota viloyatining Qaskelen tumanidagi Chemolg‘an qishlog‘ida Abish va Aljan Nazarboyevlarning oilasida dunyoga kelgan. Nursulton Nazarboyev Katta juzning shaprashti urug‘iga kiradi. Unga ota-onasi Nursulton deb ism qo‘ygan. Chaqaloqqa ism tanlashning o‘zi bir hikoyaga aylangan. To‘yga tashrif buyurgan qarindosh-urug‘lar har turli ismlarni taklif qilgan. Eng so‘nggida yangi tug‘ilgan o‘g‘ilning buvisi Mirzabola shunday degan: “Mening sevimli nevaram ikki ismni olib yursin, uning ismi Nursulton bo‘lsin”.  Mirzabola nevarasining muvaffaqiyatli inson bo‘lib voyaga yetishiga katta hissa qo‘shgan. 

Nazarboyevning otasi — Abish 1903 yil Olatov tog‘ining etaklarida, Nazarboy biyning oilasida dunyoga kelgan. Abish Nazarboyev quvnoq, hurmatli kishi bo‘lgan. U nafaqat qozoq tili, balki rus va bolgar tillarini ham bilgan. Abish Nazarboyev qozoq va rus qo‘shiqlarini ixlos bilan kuylagan. U 1971 yil vafot etgan. 

Nazarboyevning onasi — Aljon 1910 yil Jambul viloyati Qo‘rday tumani Qasiq qishlog‘ida dunyoga kelgan. Aljon Nazarboyeva 1977 yil olamdan o‘tgan. 

Maktabda Nursulton Nazarboyev yaxshi o‘qigan. U faqat o‘z sinfidagina emas, balki maktabdagi eng a’lochi o‘quvchilardan biri bo‘lgan.

Siyosiy karerasi

Nursulton Nazarboyev 1960 yil Dneprodzerjinsk texnik uchilishini, 1967 yil Qarag‘anda metallurgiya kombinatiga qarashli oliy texnik o‘quv yurtini, 1976 yil Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasiga qarashli Oliy partiya maktabini bitirgan. 

Xizmat yo‘lini 1960 yil Temirtau shahridagi Qarag‘andi metallurgiya kombinatida oddiy ishchi bo‘lib boshladi va domna sexining katta gazchisi vazifasigacha ko‘tarildi. 

  • 1960—1969 yillarda — Qarag‘andi metallurgiya zavodida ishladi. 
  • 1969—1973 yillarda  — Qarag‘andi viloyati Temirtau shahridagi partiya-komsomol ishlarida ma’sulyatli xizmatlar qildi. 
  • 1973—1977 yillarda — Qarag‘andi metallurgiya kombinatining portkom kotibi. 
  • 1977—1979 yillarda — Qarag‘andi viloyat partiya qo‘mitasining kotibi, 2-kotibi. 
  • 1979—1984 yillarda — Qozog‘iston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining kotibi. 
  • 1984—1989 yillarda — Qozoq SSR Vazirlar Kengashi raisi. 
  • 1989—1991 yillarda — Qozog‘iston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi. 
  • 1990-yil fevral—aprel orasida Qozoq SSR Oliy Sovetining raisi bo‘ldi.

Prezidentlikka yo‘l

U 1990 yilning aprelidan Qozoq SSR Prezidenti lavozimini egallaydi. 1991 yil 1 dekabrda ilk bor Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi bo‘lib o‘tadi. Saylov natijasida Nursulton Abishevich Nazarboyev 98,7 % foiz ovoz bilan g‘alabaga erishadi. 1995 yil 29 aprelda umumxalq referendumi natijasida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevning vakolati 2000 yilgacha uzaytiriladi. 1999 yil 10 yanvarda o‘tgan umumxalq saylovning natijasida Nazarboyev 79,78 % ovoz yig‘ib, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylandi. 2005 yil 4 dekabrda saylovda 91,5 % ovozga ega bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti bo‘lib qaytadan lavozimni egallaydi. O‘sha vaqtda muxolifat va g‘arb nazoratchilari saylov natijalarini tan olmaydi va ularning fikricha, saylov demokratik tamoyillarga mos ravishda o‘tkazilmagan. 

Nazarboyev 2011 yil 3 aprelda belgilangan muddatidan oldin bo‘lgan prezident saylovida to‘rtinchi bor 95,5 foiz ovoz bilan Qozog‘iston Respublikasining Prezidenti lavozimini egallaydi. Uning galdagi muddati 2016 yilgacha edi. 

Qozog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra, ayni bir shaxs surunkali ravishda ikki muddatdan ortiq Qozog‘iston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas. Qozog‘iston Respublikasining Prezidenti Qozog‘iston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Agarda u Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti bo‘lsa, qonunda bunga cheklash qo‘yilmagan. 

2011 yil dekabr oyida Mang‘istau viloyatida Nazarboyev hokimiyatiga qarshi qat’iy naroziliklar uyushtirildi. Xalqaro OAV buni Nazarboyev boshqaruv vaqtidagi eng katta qat’iy naroziliklar aksiyasi deb baholadi. 

Nazarboyevning islohotlari

Yangi mustaqil davlat — Qozog‘iston Respublikasining rivojlanishi, barcha atributlari — milliy xavfsizlik, davlat boshqaruvi va hokimiyat butkul tarmoqlarining o‘zaro harkatlanish tizimi — milliy davlatning shakllanishi Nazarboyev nomi bilan chambarchas bog‘liq. 

1992 yilning boshida Nazarboyev “Qozog‘istonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanish strategiyasi” tayyorlab, davlatning ichki va sirtqi siyosatining batafsil yo‘lishini aniqladi. 

Buning natijasida 1997 yilning boshlarida mamlakatda makroiqtisodiy doimiylik joy oldi, inflyatsiya to‘xtatildi, sanoat jonlanib, moliya-byudjet, soliq tizimi tashkil topdi, xususiylashtirish olib borildi, nafaqa umumlashtirish tizimi yo‘lga qo‘yildi, uy-joy kommunal xo‘jaligini reformalash yuzaga chiqdi. 

Nazarboyevning iqtisodchi va siyosatchi sifatidagi shaxsiy obro‘si, davlatda qulay sarmoyaviy holatning shakllanishiga, ko‘plab davlatlar va xalqaro moliya institutlari bilan intensiv ravishda iqtisodiy birdamligi a’lo darajada samarasini berdi. Respublikada qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga, qashshoqlik bilan kurashishga, uy-joy qurulishini rivojlantirishga va boshqalarga yo‘naltirilgan yirik ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish boshlandi. Nazarboyev industrial-innovatsiyali rivojlantirish strategiyasini tayyorladi,  sarmoyaviy va innovatsiyali fondlar tashkil topdi. Dunyo miqyosidagi ekspertlar orasida “Qozog‘iston namunasi” degan termin paydo bo‘ldi. Qisqa vaqt ichida xalqaro birdamlik tamoyilini shakllantirdi. Uning ko‘plab tashabbuslari keng xalqaro miqyosida o‘z o‘rnini topdi. 

Oilasi 

Xotini — Sara Nazarboyeva — Xalqaro “Bo‘bek” bolalar xayriya fondini boshqaradi.  

Prezidentning uchta qizi bor:  

Darig‘a — siyosiy fanlar doktori,  "Xabar" Axborot agentligining direktorlar Kenggashining raisi,  2020 yilning 4 mayigacha Qozog‘iston Respublikasi Senati a’zosi bo‘lgan.  


 
Dinara — Nursulton Nazarboyev nomli ta’lim fondiga boshchilik qiladi. “Forbes” jurnalining ma’lumoti bo‘yicha 2011 yilda 1,3 milliard AQSH dollarini tashkil qiluvchi boyligi bilan Qozog‘istonning eng boy ayoli hisoblanadi. Timur Quliboyevning rafiqasi.

Aliya — biznes bilan shug‘ullanadi. “Yelitstroy” qurulish kompaniyasini boshqaradi.  

Nursulton Nazarboyevning yettita nevarasi va ikkita chevarasi bor.  

Hamon ot ustida 

Nazarboyev 1989 yildan boshlab davlat boshiga keldi. 2019 yilning mart oyida o‘z xohishi bilan Prezidentlikni Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayevga toshirdi. Shundan buyon u mamlakat Elboshisi sifatida Xavfsizlik kengashiga raislik qilib kelmoqda. 

Bundan bir necha yil avval, Nazarboyev dunyodagi eng badavlat va qudratli davlat rahbarlari reytinggida 10-o‘rinni egallagan. 

Nazarboyevning urug‘-aymoqlari to‘plagan boylik $7 mlrd AQSH dollari deb baholanadi.

Prezidentning tug‘ilgan kuni, davlat bayrami hisoblanadi. U Poytaxt kuni bilan birga nishonlanadi.  7 may — Prezidentning katta qizi Darig‘a Nazarboyevaning tug‘ilgan kuni va Vatan himoyachilari kuni. Har ikkala kun ham dam olish kuni hisoblanadi. 

Nursulton Nazarboyevga atab Olma-otadagi Prezident parkida,  Cho‘lpon-otada, Nur-Sultonda,  Ukrainada va Anqarada yodgorliklar qo‘yilgan. 

Iordaniya, Turkiya va Chechenistonda Nursulton Nazarboyev nomi bilan ataluvchi ko‘chalar bor.  Shunigdek, Chechenistonda Nursulton Nazarboyev nomidagi litsey ham faoliyat yuritadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing