Nazarboyev o‘tgan yili Putin bilan 2 marta uchrashgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
03 yanvar
2523O‘tgan yilning 13 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Novo-Ogaryovoda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashgandi. Bu ularning 2024 yildagi ikkinchi uchrashuvi ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘istonning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Ana tili” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Nursulton Nazarboyevning Vladimir Putin bilan dekabrdagi uchrashuvi o‘tgan yildagi ikkinchi uchrashuv bo‘ldi. Kuz boshidagi birinchi uchrashuv haqida ommaviy axborot vositalarida xabar berilmagan. Ular, ehtimol, eski do‘stlar va hamkasblar sifatida uchrashadi, ularda eslash kerak bo‘lgan narsa bor”, deydi To‘qayev.
Shuningdek, u bunday uchrashuvlar tashabbuskori Nursulton Nazarboyev ekanini, chunki u uchun bu uchrashuvlar nihoyatda muhimligini aytdi.
“Shuni unutmasligimiz kerakki, u Qozog‘iston SSR Vazirlar Kengashining sobiq raisi, partiya rahbari, keyin esa suveren Qozog‘iston prezidenti sifatida Kreml bilan ma’naviy va siyosiy jihatdan chambarchas bog‘liq. Negaki u Moskvada xizmat safarlarida, qurultoy va plenumlarda, ishchi va rasmiy tashriflarda shuncha vaqt sarflangan”, deya qo‘shimcha qildi Prezident.
Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev 1991 yildan 2019 yilgacha Qozog‘iston prezidenti lavozimida ishlagan. 2019 yil mart oyida u o‘z iltimosiga ko‘ra iste’foga chiqdi. Iyun oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Qosim-Jomart To‘qayev g‘alaba qozongan edi.
2023 yilning yanvar oyida Qozog‘iston parlamenti bir ovozdan Nazarboyevni “Elboshi” maqomidan mahrum qildi. Shundan so‘ng, darhol Senat u Qozog‘iston faxriy senatori bo‘lmasligini e’lon qildi. Keyinchalik esa parlamentda bu unvon butunlay bekor qilindi. May oyi oxirida sobiq prezidentni haqorat qilish jinoyat hisoblanmasligi ma’lum bo‘ldi. Ilgari sobiq prezidentni haqorat qilgan fuqarolar uch yil qamoq jazosiga hukm qilinardi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil sentyabr oyida Nursulton Nazarboyev Buxoroga kelgan va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi