Nazarboyev Turkiyadan Qozog‘istonga qaytdi
Olam
−
29 iyul 2022
9117Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiyadan vataniga qaytdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Aydos Ukibay ma’lum qildi.
“Nursulton Nazarboyev oilasi va do‘stlari davrasida Turkiyada o‘tkazgan ta’tildan qaytdi”, degan Ukibay.
Ukibayning ta’kidlashicha, Nazarboyev Turkiyada xorijiy rasmiylar bilan hech qanday uchrashuv o‘tkazmagan.
“Anonim manbalarning aytganlaridan farqli o‘laroq, ta’til kunlari Birinchi Prezident chet el rasmiylari va biznes vakillari bilan hech qanday uchrashuv o‘tkazmagan”, degan Aydos Ukibay o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
OAVda sobiq Prezident Turkiyada Rossiyaning Liberal-demokratik partiyasi rahbari Leonid Slutskiy, shuningdek, rossiyalik biznes vakillari va yirik korporatsiyalar yetakchilari bilan uchrashgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton Nazarboyev joriy yilning iyul oyi boshida tug‘ilgan kunini nishonlash uchun Turkiyaga uchib ketgandi.
Birinchi Prezident Bodrumdaligida esa uning ukasi Bolat Nazarboyev og‘ir xastalik bilan kurashayotgani va ahvoli og‘irlashgani ma’lum bo‘ldi.