Nazarboyev Putin va Zelenskiyga taklif bildirdi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvini tashkillashtirish taklifini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Men janob Zelenskiy bilan uchrashdim va uni eshitdim. Kuni kecha Putin bilan gaplashdim. Menimcha, Rossiya va Ukraina Prezidentlarining alohida uchrashuvini tashkillashtirish kerak. Faqat shundagina muammoga yechim topsa bo‘ladi. Sababi, bu boshqa davlatlar bilan emas, balki ikki davlat o‘rtasida hal qilinishi kerak. Ular boshqa bir sababga ko‘ra aralashmoqda. Men shunchaki yuzma-yuz uchrashish imkoniyati haqida gapirdim”, degan Nazarboyev.

Ma’lum qilinishicha, Zelenskiy bu taklifga rozilik bildirgan. Putin esa hozircha taklifga biror javob qaytarmagan.

Nazarboyev davlat rahbarlari neytral hududda uchrashishni istasa Qozog‘iston mezbonlik uchun tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing