Bu sensatsiya bo‘ladi – Nazarboyev Prezidentlikdan nega ketganini aytdi

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev davlat rahbari lavozimidan ketishiga umurtqasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti ham sabab bo‘lganini tan oldi. 

“Sizga avval aytmagan bir haqiqatni ochaman, bu sensatsiya bo‘ladi. Men umurtqamda jiddiy jarrohlik amaliyotini o‘tkazganman. Xasta Prezident davlat boshqara olmaydi. Ahvoling shunday ekan, mamlakatda nima ayb? U aziyat chekmasligi kerak. Shu ahvolda safarlar uyushtirish, uchrashuvlar o‘tkazishni kuniga 350 ta, davom ettirish kerak, lekin bunday sog‘liq bilan qanday uddalaysan? Bu ham davlat rahbari lavozimidan ketish haqida qaror qlishimda ahamiyatga ega bo‘lgan. Men bu haqda hech qachon aytmagandim, ma’zur tutgaysizlar”, degan Nazarboyev “Suratga chizgilar” hujjatli filmidagi intervyusida.

Nazarboyevning aytishicha, salomatligidagi muammo 2011 yilda ommaviy tadbir paytida aniqlangan.

“8 mart kuni biz konsertda o‘tirgandik, konsert tugadi, men o‘rnimdan turdim va bo‘ldi, oyog‘imni qimirlata olmadim, nimadir tiqilib qoldi. Men qo‘riqchini chaqirdim, unga yonimda turishini aytdim va uning qo‘lini tayoqdek ushladim va unga aytdim: odamlar sezmasligi uchun sekin harakat qilaylik. Zal to‘la edi. Va shunday qilib chiqdim. Tekshirishni boshladik, menda umurtqada muammo borligi ma’lum bo‘ldi”, degan Elboshi.

Nazarboyev ahvolini xalqqa ma’lum qilishni bilmaganini,ko‘plab ishlari borligiga qaramay, ketishi kerakligini ham tushunganini ta’kidlagan.

“Buni xalqqa qanday ayta olardim? Hali qiladigan ishlarim bor edi, biroq ketishim ham kerak. O‘shanda ketishga tayyor emasdim. Chunki o‘rinbosarim masalasi hali hal bo‘lmagandi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin shu qarorga keldim. Fikrimcha, to‘g‘ri qaror qabul qilganman. O‘shandan beri 2 yil o‘tdi va hech ham afsuslanmayman”, deydi Nursulton Nazarboyev.

Birinchi Prezident shundan boshqa hech bir dardga chalinmaganini va hozir ham chalinmayotganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Nazarboyev 2019 yil 19 mart kuni Prezident lavozimidan ketishini e’lon qilgandi. Ertasi kuni esa vakolatini topshirgani haqilada farmonni imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

798

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing