Nazarboyev Moskvaga borib, Putinni tabrikladi
Olam
−
13 iyun 2022 13822 1 daqiqa
Qozog‘iston birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi, uni Rossiya kuni bilan tabrikladi. Bu haqda bugun, 13 iyun kuni Nazarboyevninng matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuv davomida, tomonlar diplomatik munosabatlarni 30 yilligini muhokama qildilar va bu uzoq muddatli hamkorlik bilan bir-birini tabrikladilar. Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik teng huquqli muloqot asosida rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Uchrashuv so‘ngida Nazarboyev va Putin bir-biriga salomatlik, tinchlik, xotirjamlik tilagan.
Ma’lumot o‘rnida,12 iyun Rossiya kuni bayram sifatida nishonlanadi. Bu bayram birinchi marta 1992 yilda nishonlangan. An’anaga ko‘ra, ushbu kunda butun mamlakat bo‘ylab: konsertlar, sport musobaqalari, yarmarkalar, xalq sayillari o‘tkaziladi.
Shuningdek, shu kuni Kremlda Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti laureatlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr