Nazarboyev idorasini moliyalashtirish qisqartiriladi

Olam

image

Qozog‘iston Moliya vaziri o‘rinbosari Dauren Temirbekov mamlakatning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev idorasi uchun ajratiladigan mablag‘ qisqartirilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Temirbekov Senatda 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan respublika byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish loyihasini taqdim etgan.

“Qayta ko‘rib chiqilgan byudjet doirasida biz Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti devonidan 130 million tengeni kamaytirdik. Qolgan mablag‘lar mintaqada 1-1,5 milliard tenge (2,2 million dollar – 3,3 million dollar) miqdorida garovga qo‘yilgan”, deydi Moliya vaziri o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonni 30 yildan ortiq boshqargan. U 2019 yil mart oyida Qozog‘iston Prezidenti lavozimini Qosim-Jomart To‘qayevga topshirib, Elboshi rutbasini olgan edi. Shundan so‘ng Xavfsizlik Kengashini boshqargan Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh-qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirdi.

Oradan deyarli 3 yil o‘tib, joriy yilning 12 yanvar kuni Nursulton Nazarboyevga ilgari berilgan faxriy senator maqomi parlament reglamentidan olib tashlandi. 13 yanvar kuni Qozog‘iston parlamenti deputatlari palatalarning qo‘shma majlisida “Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi qonunni bekor qildi. Shunday qilib, Nazarboyev Elboshi unvonidan va alohida huquqlaridan ham mosuvo qilindi.

17 yanvar kuni esa Qozog‘iston hukumati madaniyat sohasida beriladigan davlat stipendiyasi nomidan respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev nomini olib tashladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nazarboev idorasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing