Nazarboyev Antaliyadagi besh yulduzli mehmonxonasini Qozog‘iston Prezidenti devoniga topshirdi

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevga tegishli “Elboshi” jamg‘armasi Turkiyaning Antaliya shahrida joylashgan besh yulduzli Rixos Beldibi mehmonxonasini davlat mulkiga o‘tkazdi. Bu haqda 15 noyabr kuni “Forbes” xabar berdi.

Qozog‘istonda ob’ekt “Alatau Otel” OAJ sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. 2021 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, tekshirilgan moliyaviy hisobotga ko‘ra, mehmonxonaning 23 foizdan biroz ko‘proq ulushi Davlat mulki va xususiylashtirish qo‘mitasiga va deyarli 77 foizi “Ko‘chmas mulkni boshqaruvi direksiyasi” MCHJga (xususiy “Elboshi” jamg‘armasi tasarrufida) tegishli bo‘lgan.

Shu yilning fevral oyida Davlat mulki va xususiylashtirish qo‘mitasi “Alatau Otel” AJ davlat aksiyalari paketiga egalik va foydalanish huquqlarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti devoniga topshirgan edi. Deyarli bir vaqtda, 16 fevral kuni “Ko‘chmas mulk boshqaruvi direksiyasi” MCHJ kompaniya aksiyadorlari safidan chiqdi. Shu bilan birga, mehmonxonaning tekshirilgan moliyaviy hisobotida Qozog‘istonning sobiq Prezidentining ulushni o‘tkazish usuli bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berilmagan. Bu oldi-sotdi bitimi yoki xayr-ehson shartnomasi bo‘lganmi, noma’lumligicha qolmoqda, deyiladi maqolada.

Hozirda mehmonxona to‘liq Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tasarrufiga va foydalanishiga o‘tgan hamda uning veb-saytida quyi tashkilotlar bo‘limiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing