Mamlakatning ikkinchi odami – xonim Norboyeva saylovda ovoz berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bugun, 22 dekabr kuni Oliy Majloisi Qonunchilik palatasi, viloyatlar, shahar, tuman, kengashlariga deputatlar saylovida ovoz berdi 

Mamlakatning ikkinchi odam xonim Norboyeva Toshkent shahrida joylagnan 645-sonli saylov uchastkasiga kelib ovoz berdi. 

Senat raisi ovoz berish jarayonida bir guruh xorijlik kuzatuvchilar bilan samimiy muloqotda bo‘ldi. Shuningdek, saylov uchastkasida hozir bo‘lgan bir qancha ommaviy axborot vositalari vakillarining saylovga oid savollariga javob berdi.

 “Saylov jarayonlariga nafaqat men, balki yurtimizning hech bir fuqarosi befarq emas. Olib borilgan demokratik islohotlar samarasida qaysi bir jamoaga kirmay, buni ko‘rish, kuzatish, his qilish mumkin. Insonlar o‘zi, oilasi, mahallasi, tumani, shahari qolaversa, butun yurtimizning kelajagi, yaratilajak tarixi uchun kuzatuvchi emas, faol ishtirokchi sifatida saylovda ishtirok etmoqda.

Bilasizlar, bu yilgi saylov qonunlarini birlashtirgan saylov kodeksi asosida birinchi saylov o‘tkazilmoqda. Bu kodeksni ishlab chiqishda bizga yillar davomida xalqaro tashkilotlar bildirgan e’tiroz va barcha tavsiyalarni inobatga oldik. Ayni vaqtda bu kodeks xalqaro me’yorlarga to‘liq javob beradi.

Yevropada shu kunlar yangi yil bayram oldi tadbirlari bo‘lmoqda. Ular bu vaqtda hech qayerga xizmat safariga borishmaydi, odatda dam olishadi. Shunga qaramay ularni yurtimizga, o‘tkazilayotgan saylovga qiziqish bildirib kelgani bu yurtimizda yuz berayotgan islohotlarni tan olinayotganini bildiradi. Ular ko‘rib, o‘z xulosalarni beradi.

Qisqasi, bugun saylanadigan nomzodlar orqali yurtimizning kelgusi taraqqiyoti aniqlanadi. O‘ylaymiz-ki, biz adashmaymiz. Haqiqiy nomzodlarni tanlaymiz. Bu deputatlar yurtimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shadi”, deydi Norboyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

68

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing