Nazarbekov Ramzan Qodirovning qizi bilan uchrashdi

Madaniyat-san’at

image

Checheniston rahbarining qizi, Madaniyat vaziri Ayshet Qodirova O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. U O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda xalqaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, festivallar, teatr va muzeylar faoliyatini yanada rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilingan. 

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, o‘zaro tajriba almashish orqali turizm salohiyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilingan. 

QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, Ayshat Qodirova O‘zbekistonga tashrifi davomida Checheniston muftiysi Saloh Xoji Mejiyev hamrohligida Buxoro viloyatiga ham borib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilgan. 

“Muqaddas Buxoro azaldan musulmon dinining markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu yerda ko‘plab mamlakatlarning taniqli din arboblari  jumladan, mening bobom, Chechenistonning birinchi prezidenti Axmat-Xoji Qodirov ham tahsil olgan”, deydi Ayshat Qodirova. 

Vazir qog‘oz tayyorlanadigan, gilam to‘qiladigan sexlar faoliyati bilan ham tanishgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozodbek Nazarbekov Ayshat Qodirova

Baholaganlar

788

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing