Ozarbayjon Prezidenti Turkiyaga yetib bordi. Erdo‘g‘anni muhim telefon muloqoti kutyapti
Olam
−
10 mart 2022
7374Bugun, 10 mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan poytaxt Anqaraga yetib bordi. Aliyevni Chankaya saroyida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kutib oldi.
O‘tgan haftalarda Turkiya Prezidenti dunyoning 20 ta davlati rahbarlari bilan Ukraina mavzusini muhokama qildi. “Anadolu” axborot agentligiga ko‘ra, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan bo‘ladigan uchrashuvda ham Ukraina mavzusi ustuvor bo‘ladi.
Chankaya saroyidagi ishchi tushlik chog‘ida Erdo‘g‘an va Aliyev Rossiya-Ukraina urushini tugatish borasidagi sa’y-harakatlarni ham muhokama qilgan. Taranglikni butun mintaqaga ta’siri yuzasidan fikr almashilgan.
Shuningdek, bugun, 10 mart kuni Turkiya vaqti bilan 18:30 da Erdo‘g‘an AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali Rossiya-Ukraina urushi haqida muloqot qiladi.
Ertaga, 11 mart kuni esa Prezident Erdo‘g‘an Antaliyada bo‘lib o‘tadigan Diplomatik forumda ishtirok etadi, unda dunyo kun tartibidagi eng muhim mintaqaviy va global masalalar muhokama qilinadi.
Turkiya rahbarining forum doirasidagi asosiy nutqi Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida bo‘ladi.
Keyingi kunlar kun tartibidan Turkiya Prezidentining Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan Istanbulda uchrashuvi va Anqarada Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaralari ham bor.
LiveBarchasi