“Navro‘z” qabullar uyi korxonalarni sog‘lomlashtirish markaziga aylantiriladi
Jamiyat
−
21 noyabr 2020
4960Poytaxt Toshkentdagi ko‘p yillik tarixga ega “Navro‘z” qabullar uyi [restorani] Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish markaziga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Matbuot xizmati xabarida aytilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni qurilish sohasiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, ushbu majmua kapital ta’mirlanib, Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish markazi tashkil etish rejalashtirilgan. Bu yerda tadbirkorlarga ma’lumotlar ochiq va shaffof tarzda taqdim etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungacha “Navro‘z” qabullar uyidan davlat miqyosidagi yirik tantanali marosimlarni o‘tkazishda foydalanib kelingan. Qabullar uyi, shuningdek, to‘y marosimlari uchun ham xizmat ko‘rsatgan.
LiveBarchasi