Navro‘z bayramida avtobuslar ish soati uzaytiriladi

Jamiyat

image

“Toshshahartransxizmat” AJ bayram va dam olish kunlari poytaxtda jamoat transporti harakatlanish tartibini ma’lum qildi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan, 2021 yil 20, 21, 22 mart kunlari Toshkent shahrida jamoat transporti faoliyati o‘zgartirilgan tartibda tashkil etilishi belgilandi.

Unga ko‘ra:

•    20 mart – dam olish kuni. Shanba kunlari tasdiqlangan jadval asosida;

•    21 mart – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytiriladi;

•    22 mart – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;

•    27 mart – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirishi belgilab qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus Navro'z

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing