Navro‘z bayrami va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi

Jamiyat

image

Navro‘z bayrami va dam olish kunlari 40 mingdan ortiq tibbiyot xodimi aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra, bu yil Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan fuqarolar ish haftasining turidan qat’i nazar ketma-ket 4 kun dam oladi. Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:

  • 1257 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika
  • 1080 ta oilaviy shifokor punkti
  • 1002 ta mahalla tibbiyot punkti
  • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari
  • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari
  • tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Respublika bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kun-u tun xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

"Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollarga malakali mutaxassislardan kecha-yu kunduz javob olishingiz mumkin", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Navro'z tibbiy xizmat bayraam kunlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing