Navoiylik yigit tanish ayolga shaxsiy videolarni tarqatish bilan “shantaj” qildi

3-sahifa

image

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida ayolni sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro mazkur hududda yashovchi ayolning video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 8 million so‘m talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga yuborilgan”, deyiladi departament xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 fevral kuni qashqadaryolik qizni shaxsiy foto suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing