Qashqadaryolik yigit tanish qizga shaxsiy rasmlari bilan “shantaj” qildi 

3-sahifa

image

Qashqadaryolik qizni shaxsiy foto suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaro o‘ziga tanish qiz bilan gaplashib yurib, uning shaxsiy foto suratlarini qo‘lga kiritgan. 

Shuningdek, u qizning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan. Fotosuratlarni o‘chirish evaziga qizdan 5000 AQSH dollari talab qilib, shundan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan”, deyiladi prokuratura departamenti xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

shantaj foto suratlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing