Navoiydagi YTHda 2 kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

YTH kecha, 22 sentyabr kuni soat 18:30 larda, Navoiy viloyati, Uchquduq tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 281-282 kilometrlari oralig‘ida “Uchquduq-Zarafshon” yo‘nalishida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan N.D. xavfsizlik kamarini taqmasdan Lacetti rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo‘lning xavfli burilish joyida qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, xavfsizlik kamarini taqmagan, 1997 yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchilari 57 yoshli R.D. voqea joyida va 24 yoshli S.M. shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi 23 yoshli J.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur YTH yuzasidan Uchquduq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing