Navoiydagi “Sharmanda doska”lari konstitutsiyaga zid - Ombudsman
Jamiyat
−
08 fevral
5652Avvalroq, Navoiy viloyati Karmana tumanida jinoyatchilarning suratlari yopishtirilib, mahallalarga osib qo‘yish uchun “Sharmanda taxtasi” tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) munosabat bildirdi.
Tarqatilgan xabarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxsning fotosurati u tomondan sodir etilgan jinoyat to‘g‘risidagi ma’lumot bilan birga mahalla fuqarolar yig‘inidagi barchaga ko‘rinadigan e’lonlar taxtasiga bir oylik muddatga joylashtirilishi belgilangan. Shuningdek, agar ayblanuvchi shaxs sudning oqlov hukmini taqdim qilsa, surati olib tashlanishi aytilgan.
"Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mahallalardagi e’lon taxtalariga aybdor deb topilgan shaxsning fotosurati va u haqidagi ma’lumotlar joylashtirish amaliyotini inson huquqlariga zid deb hisoblaydi", deyiladi Ombudsmanning bu haqdagi munosabatida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7-moddasiga ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.
LiveBarchasi