Navoiyda avtomobildagi portlashda ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 18 oktyabr kuni Navoiy viloyatida avtomobil “gaz ballon”ining portlashi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

18 oktyabr kuni soat 6:20 larda Sarvar M. Boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil “Navoiy-Zarafshon” yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda, shinaga o‘rnatilgan “gaz baloni” portlab ketgan. Natijada haydovchi Sarvar M. (1959 y.t. nafaqada) va yo‘lovchi Rustam M. (1987 y.t.) voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, yo‘lovchi Manzura B. (1937 y.t.) og‘ir tan jarohati olib Konimex tumani shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy portlash gaz balloni

Baholaganlar

149

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing