Navoiydagi “Muruntov” oltin qazib oluvchi dunyodagi eng yirik kon mavqeyini yo‘qotdi

Jamiyat

image

2022 yilda oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi eng yirik 10 ta kon ichida bundan oldin peshqadam bo‘lib kelgan Navoiy viloyatidagi “Muruntov” koni ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Kitco tahliliy markazi xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Muruntov” ochiq kon kompleksi 2022 yilda qariyb 1,7 mln unsiya qazib olgani taxmin qilingan. Konning uzunligi 3,3 km dan ortiq bo‘lib, eni 2,5 km va chuqurligi qariyb 600 metrni tashkil qiladi. “Muruntov” konida 150 mln unsiyadan ortiq oltin zaxiralari va resurslari mavjud.

Shuningdek, reytingda 2022 yil davomida eng ko‘p oltin qazib chiqargan kon Indoneziyadagi “Gracberg” koni ekanligi aytilgan. 
Quyida oltin qazib chiqaruvchi dunyodagi eng yirik konlar o‘nligi keltirilgan:
1.  “Gracberg” (Indoneziya);
2.  “Muruntov” (O‘zbekiston)
3.  “Carlin” (AQSH) 
4. “Olimpiada” (Rossiya)
5. “Boddington” (Avstraliya)
6. “Kibali” (Kongo Demokratik Respublikasidagi) 
7. “Detour Lake" (Kanada)
8. “Cortez” (AQSH) 
9. “Pueblo Viejo” (Dominika Respublikasi)
10. “Loulo Gounkoto" (Malidagi)

Eslatib o‘tamiz, Kitco tahliliy markazi talqiniga ko‘ra, 2021 yildagi reytingda “Muruntov” koni oltin qazib olish bo‘yicha birinchi o‘rinni olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Muruntov oltin kon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing