Navoiydagi “Muruntov” koni oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kitco tahliliy markazi talqiniga ko‘ra, O‘zbekistonning Navoiy viloyatidagi “Muruntov” koni 2021 yilda oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi kon deb topildi. Markaz eng yaxshi konlar TOP-10 taligini tuzgan.

Markaz ochiq konlardan iborat “Muruntov” majmuasi 2021 yilda 2 million unsiyadan biroz ko‘proq oltin qazib olgan deb baholagan.

Davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladigan konning uzunligi 3,3 kmdan oshiq, kengligi 2,5 km va 600 metr chuqurlikda. Hisobotda juda yaxshi resurs zaxirasiga ega (150 mln unsiyadan ortiq) “Muruntov” majmuasi yaqin kelajakda dunyoning eng yirik oltin koni maqomini saqlab qolishi taxmin qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Kitco markazi “Muruntov” konini 2020 yilda ham oltin qazib olish bo‘yicha eng yaxshi kon deb topgan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin Muruntov

Baholaganlar

573

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing