Navoiydagi “dom”ga o‘t ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 2 iyun kuni Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 iyun kuni soat 04:19 da Navoiy shahar “Kimyogar” MFY, Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismi yonayotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in joyiga 7 ta qutqaruv bo‘linmasi va 2 ta avtonarvon soat 04:23 da yetib borib, yong‘in soat 04:35 da qurshab olingan hamda soat 05:35 da to‘liq o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 9 qavatli ushbu ko‘p qavatli uyning 9-qavatida joylashgan 8 ta xonadonning 300 kvadrat metr maydondagi tom qismi, shifti va ichki qismi yongan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida murojaatlar kelib tushmagan. Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumani Keles shaharchasidagi yangi qurilayotgan binoda ham yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing