Navoiydagi 2 oylik chaqaloq YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa 5598
image

Kecha, 28 oktyabr kuni Navoiy viloyati Konimex tumanida Matiz avtomobili ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida mashina salonida bo‘lgan ikki oylik chaqaloq vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 oktyabr kuni Konimex tumanidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lida Navoiy—Zarafshon—Uchquduq yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Matiz avtomobilining shinasi yorilib ketgan. Natijada avtomobil yo‘ldan chiqib ketgan.

Avtomobil salonida bo‘lgan haydovchining ikki oylik farzandi Zarafshon shahar shifoxonasiga olib borilgan. Biroq chaqaloq hushiga kelmasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Konimex tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 218
Reyting: 3
Teglar
YTH
t
×